ArcGIS
November 24, 2023

ArcGIS Online (ArcGIS.com) saytidan ro'yxatdan o`tish

ArcGIS Online Esri tomonidan ishlab chiqilgan, bulut komputing asosida ishlaydigan geografik ma'lumotlarni boshqarish va ulardan foydalanish uchun veb-platformadir. Ushbu platforma orqali foydalanuvchilar, geografik ma'lumotlarini o'rganish, tahlil qilish, tashkil etish va ulardan olingan ma'lumotlardan foydalanish uchun qulay vositalar va xizmatlar bilan ta'minlanadi.

ArcGIS Online har qanday sohada geografik ma'lumotlari bilan ishlashni talab qilgan tashkilotlar, hukumatlar, yangiliklar agentliklari, geografiya fanlari, korxona va shaxsiy foydalanuvchilar uchun qulay va kuchli bir platformadir. Uning qulay interfeysi va keng imkoniyatlari, geografiya ma'lumotlarini tahlil qilish, vizualizatsiya qilish va ulardan foydalanishni oson va samarali qiladi.

Tizimdan rop`yxatdan o`tish uchun https://arcgis.com saytiga kiriladi va Войти ga kiriladi.

Yangi sahifa ochiladi va u yerdan Создание учетной записи ga kiriladi.

Yangi sahifa ochiladi va bu yerdan Create a public account ga kiriladi.

Yangi sahifa ochiladi va ism familiya va pochta ma'lumotlari kiritiladi va Esri litsenziya shartnomasi, Esri ArcGIS Onlayn Maxfiylik siyosati ga rozilik beriladi keyin Следующий ga kiriladi.

Hamma ma'lumotni kiritib Следующий ga kirilganda yangi sahifa ochiladi. Aktivlash linki pochtangizga yuborilgani haqida xabar chiqadi

Pochtamizga kiramiz va ArcGIS Onlinedan kelgan xabarni topamiz va berilgan linkka kiramiz

Yangi sahifa ochiladi va quyidagi ma'lumotlarni kiritamiz va Создать учетную запись ga kiramiz.

1. Имя пользователя bu yerda yangi login kiritamiz (agar login tizimda mavjud bo'lsa boshqa login yozing)

2. Пароль va Введите пароль заново ga bir xil parol yozamiz

3. Секретный вопрос tanlab unga mos javob ni yozamiz

Ushbu malumotlarni etibor bilan kiritishimiz kerak, keyinchalik shu ma'lumotlar asosida tizimga kirishimiz va parolni tiklashimiz mumkin

Agar hamma ma'lumotlarniu to'g'ri kiritsak demak biz ro`yxatdan o`tamiz va yangi sahifa ochiladi.