ArcGIS Desktop darslari (Boshlovchilar uchun)
Geoaxborot tizimlari juda keng, lekin uni o‘rganishni murakkablashtirish shart emas. Ko‘pchilik ArcGIS dasturini o‘rganishni boshlaganda, funksiyalar ko‘pligidan cho‘chib qoladi.
Aslida, birinchi xaritangizni yaratish va bazaviy tahlillarni bajarish uchun dasturning barcha tugmalarini bilish shart emas.
Sizlarga ArcGIS Desktop 10.8.2 versiyasi bo‘yicha tayyorlangan, aynan boshlovchilar uchun mo‘ljallangan video darslar to‘plamini taqdim etaman. Bu darslarda ortiqcha nazariyasiz, faqat amaliyotda eng ko‘p ishlatiladigan instrumentlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Maqsad — sizni "noldan" olib, mustaqil ravishda tematik xarita yarata oladigan darajaga olib chiqish.
Darslar ketma-ketligi:
Quyidagi havolalar orqali o‘zingizga kerakli mavzuni tanlab, YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin:
5.Geoma'lumotlar bazasini (Geodatabase) yaratish
6 .Internetdan ma`lumotlar to`plash
7. Jadval ma'lumotlarini qatlamga bog'lash
8. Maydonli qatlamni nuqtali qatlamga o`tkazish
9. Nuqtali obyektning koordinatalarini (x, y) hisoblash
10. Shartli belgilar bilan ishlash
12. Aholi soni xaritasini tayyorlash
Bu darslar kimlar uchun?
-
Talabalar (Geografiya, Kadastr, Ekologiya yo‘nalishlari);
-
Ish faoliyatida xaritalar bilan ishlashni endi boshlayotgan mutaxassislar;
-
ArcGIS dasturini mustaqil o‘rganmoqchi bo‘lganlar.
Darslar o‘zbek tilida va tushunarli uslubda yozilgan.
Video darslarni ko‘ring, o‘rganing va o‘z xaritalaringizni yarating! Savollaringiz bo‘lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin.