November 7, 2023

Geoma`lumotlar va ularning turlari

Geoaxborot tizimlarida ma`lumotlar geoma`lumotlar, fazoviy, geografik yoki geofazoviy ma`lumotlar deb ataladi.

Geoma`lumotlar - bu yer yuzasida yoki uning yaqinida joylashgan obyektlar, hodisalar yoki boshqa xususiyatlarni tavsiflovchi ma'lumot. Misol uchun tuman hududidaga dorixonalar haqidagi ma`lumotlarni olsak, uning joylashuv ma`lumoti. nomi, ish vaqti, telefon raqami va manzil ma`lumotlari geomalumotga misol bo`la oladi.

Geoma`lumotlar odatda joylashuv ma'lumotlarini (yer yuzidagi koordinatalar) va atribut ma'lumotlarini (tegishli obyekt, hodisa yoki hodisalarning xususiyatlari) o`z ichiga oladi.

Geoaxborot tizimlarida geomalumotlarning o`rni alohida bo`lib, vizualizatsiya va tahlil shunga bog`liq bo`ladi. malumot qanchalik aniq va yetarli bo`lsa tahlil qilish shuncha oson bo`ladi.

Geoaxborot tizimlari joylashuv ma'lumotlarini tematik qatlamlar sifatida saqlaydi . Har bir ma'lumotlar to'plamida xususiyat haqidagi ma'lumotlarni saqlaydigan atributlar jadvali mavjud. GIS ma'lumotlarining ikkita asosiy turi - rastr va vektor :

🔸 Vektor ma'lumotlari nuqtalar, chiziqlar yoki ko'pburchaklar shaklida diskret chegaralarga ega bo'lgan parametrlarni saqlaydi. Bu ko'pchilik odamlarga tanish bo'lgan va Google Xaritalar kabi ilovalarga kirishda mamlakatlar yoki shtatlar xaritalarini, avtomobil yo'llari yoki temir yo'l liniyalarini ko'rish uchun foydalanadigan fazoviy ma'lumotlardir.

🔹 Rastr ma'lumotlari qator va ustunlar iborat piksellar to`plami. Rastr ma'lumotlariga odatiy misollar qatoriga sun'iy yo'ldosh tasvirlari, raqamli balandlik modellari (yoki topografik xaritalar), qog'oz xaritalar skanerlari va drondan olingan suratlar kiradi.