Toshkentdagi 50 ta metro bekatigacha ko'chalar bo'ylab 10 daqiqa piyoda yetiladigan hudud — shahar maydonining 12%. To'g'ri chiziq bilan o'lchansa 18% chiqadi.
Uchtepa tumanidan eng yaqin bekat — «Chilonzor», tuman chegarasidan 760 metr. «Quruvchilar» bekatida temir yo'l va yopiq hududlar tufayli 800 metrlik doiraning yarmiga yaqiniga yetib boriladi.
Masofa OpenStreetMap piyoda yo'llari bo'yicha, bekat nuqtasidan 150 metr ichidagi yo'llardan hisoblangan; kirish joylari va svetoforlar hisobga olinmagan. Hisob taymer bilan 10 daqiqa ichida qilindi, shablon va skript oldindan yozilgan.
- Kun mavzusi
- 7-kun: 10 daqiqalik xarita
- Dastur
- Python, matplotlib, shapely, scipy
- Ma'lumot manbasi
- OpenStreetMap (Overpass API, 21.11.2026), O'zbekiston ma'muriy chegaralari