Xarita haqida: Markaziy Osiyo va unga tutash hududlarning gidrografik xaritasi
Asosiy mazmuni: Xaritada Markaziy Osiyo davlatlari (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston) va unga qo‘shni bo‘lgan Afg‘oniston hududidagi asosiy daryolar va suv havzalari tizimi hamda ushbu mamlakatlarning poytaxt shaharlari aks ettirilgan.
Poytaxtlar va chegaralar: Xaritada mintaqa davlatlarining poytaxtlari — Toshkent, Astana, Bishkek, Dushanbe, Ashgabat va Kabul shaharlari alohida to‘q sariq nuqtalar bilan belgilangan bo‘lib, davlatlararo chegaralar oq chiziqlar orqali ko‘rsatilgan.
Gidrografik tarmoq: Hududdagi asosiy daryolar va suv yo‘llari ko‘k chiziqlar bilan chizilgan bo‘lib, Amudaryo va Sirdaryo havzalari hamda mintaqaning boshqa yirik suv tarmoqlari uzluksiz zanjir hosil qilgan.
Ma’lumotlar haqida: Kichik daryolar, qurib qolgan soylar va sun’iy kanallarning ichki tarmoqlari xaritada ko‘rsatilmagan. Yonma-yon oquvchi yoki parallel tarmoqlar bitta yaxlit chiziq bilan berilgan.
- Kun mavzusi
- 2-kun: Chiziqlar
- Dastur
- Canva, Qgis
- Ma'lumot manbasi
- Daryolar: Natural Earth Data. Chegaralr: SimpleMaps.com