GEOINFO.UZ
Bosh sahifaKurslarBiz haqimizdaAloqa
Kirish
Bosh sahifaKurslarBiz haqimizdaAloqaKirish
GEOINFO.UZ
uzgeoinfo@gmail.com
Sayt haqidaKurslarFoydalanish qoidalari
Ko'p beriladigan savollarAloqaOmmaviy ofertaMaxfiylik siyosati
Click
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Kurslar
Geoaxborot tizimlar

ArcGIS Desktop 10.8.2

ArcGIS Desktop'ni noldan amaliy o'rganamiz: o'rnatishdan tortib geoma'lumotlar bazasi, xarita tayyorlash va ArcPy bilan avtomatlashtirishgacha.

Daraja:
Boshlang'ich daraja
O'quvchilar:
165 ta o'quvchi
ArcGIS Desktop 10.8.2 kursi

Tez orada

Tez orada ochiladi

Muddat
180 kun
Sertifikat
Beriladi
Jami darslar
21 ta
Davomiyligi
3 soat 41 daq

Nimani o'rganasiz

  • ArcGIS Desktop'ni o'rnatish va litsenziyani sozlash
  • ArcCatalog'da ma'lumotlarni tartibga solish va geodatabase yaratish
  • Internetdan ochiq geoma'lumotlarni yuklab olish va tayyorlash
  • Excel jadvalini qatlamga bog'lash (join) va tahlil qilish
  • Maydonli qatlamni nuqtaliga aylantirish, X va Y hisoblash
  • Shartli belgilar va yozuvlarni professional darajada sozlash
  • Chop etishga tayyor xarita kompozitsiyasini yig'ish
  • ArcPy va OpenWeather API bilan xaritani avtomatik yangilash

Kurs haqida

ArcGIS Desktop — geoaxborot tizimlarida eng ko'p qo'llaniladigan dasturlardan biri. Bu kurs uni noldan o'rganmoqchi bo'lganlar uchun: har bir mavzu real misol ustida ko'rsatiladi.

Kurs to'rt bosqichdan iborat:

  • Tanishuv va o'rnatish — dastur tarkibi, ArcMap va ArcCatalog oynalari bilan tanishuv.
  • Geoma'lumotlar bilan ishlash — geodatabase yaratish, internetdan ma'lumot yig'ish, jadvalni qatlamga bog'lash.
  • Xarita tayyorlash — shartli belgilar, yozuvlar, koordinatalar bilan ishlash.
  • Amaliy loyihalar — ob-havo xaritasi, aholi soni kartasi va Living Atlas ma'lumotlari.

Har bo'limdan keyin amaliy topshiriq bor — o'zingiz bajarasiz. Kurs oxirida tayyor xaritalar va ishlaydigan skript qo'lingizda qoladi.

Kurs dasturi

5 bo'lim · 21 dars · 3 soat 41 daq

  • ArcGIS Desktop haqidaBepul5 daq
  • Dasturni o'rnatish qo'llanmasi8 daq
  • ArcCatalog bilan tanishuv8 daq
  • ArcMap bilan tanishuv9 daq
  • Amaliyot: ishchi papka tuzish10 daq

Talablar

  • Windows o'rnatilgan kompyuter (ArcGIS Desktop faqat Windows'da ishlaydi)
  • Kamida 8 GB operativ xotira va 10 GB bo'sh joy
  • Kompyuterda dastur o'rnata olish (administrator huquqi)

GIS bo'yicha oldindan bilim talab qilinmaydi — kurs noldan boshlanadi.

Kimlar uchun

  • GIS bilan endi tanishayotganlar
  • Geodeziya, kartografiya va yer tuzish yo'nalishi talabalari
  • Kadastr va qishloq xo'jaligi sohasi mutaxassislari
  • QGIS'dan ArcGIS'ga o'tmoqchi bo'lganlar
ArcGIS Desktop 10.8.2 kursi

Tez orada

Tez orada ochiladi

Muddat
180 kun
Sertifikat
Beriladi
Jami darslar
21 ta
Davomiyligi
3 soat 41 daq