Asosiy mazmunga o'tish
Geoaxborot tizimlar

ArcGIS Pro asoslari

ArcGIS Pro darslari noldan: geoaxborot tizimlari asoslari, ma'lumotlar bilan ishlash va xarita tayyorlash.

Daraja:
Boshlang'ich daraja
ArcGIS Pro asoslari kursi

Tez orada

Kurs ochilganda xabar beramiz

Qanday xabar olishni tanlang:

Ro'yxatga yozildingiz

Telegram botni ulasangiz, kurs ochilgani haqidagi xabar darhol telefoningizga keladi.

Muddat
30 kun
Sertifikat
Jami darslar
32 ta

Nimani o'rganasiz

  • Geoaxborot tizimi nima ekanini bilib olasiz

  • ArcGIS Pro interfeysi: lenta, panellar va loyiha bilan ishlashni o'zlashtirasiz

  • ArcMap'dan ArcGIS Pro'ga o'tishdagi asosiy farqlarni bilasiz

  • Vektor va rastr ma'lumotlar farqini tushunasiz

  • File Geodatabase va feature class yaratib, obyektlarni chizasiz

  • Select by Attributes va Select by Location bilan ma'lumotdan javob topasiz

  • Jadvallarni Join bilan bog'laysiz, Calculate Field'da hisoblaysiz

  • Geoprocessing panelida Buffer, Clip va Dissolve bilan tahlil qilasiz

  • 3D sahnada relyef va binolarni ko'rsatasiz

  • Layout'da xarita varag'ini tayyorlab, eksport qilasiz va ArcGIS Online'da ulashasiz

Kurs haqida

Geoaxborot tizimlari va ArcGIS Pro dasturi asoslariga bag'ishlangan boshlang'ich kurs.

Kurs geoaxborot sohasiga oid asosiy bilimlarni beradi va ArcGIS Pro'da mustaqil ishlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Mavzular sodda tilda, bosqichma-bosqich yoritiladi, har bir yangi tushuncha esa darhol amalda qo'llanadi.

Kursni tamomlab, geoma'lumotlar bilan ishlashda dastlabki tajriba orttirasiz va sohaning murakkabroq yo'nalishlarini o'rganishga tayyor bo'lasiz.

Kurs dasturi

6 bo'lim · 32 dars

  • Kurs haqida
  • Kursdan foydalanish
  • Qoidalar

Talablar

  • Shaxsiy kompyuter va internet

  • Kompyuter savodxonligi

  • Haftasiga 10 soatdan ko'proq vaqt ajrata olish

  • Qiziqish va ishtiyoq

Kimlar uchun

  • Geoaxborot tizimlariga qiziquvchilar

  • Geografiya, geoaxborot tizimlari va kartografiya talabalari

  • ArcMap'dan ArcGIS Pro'ga o'tayotgan mutaxassislar

  • ArcGIS Pro dasturini noldan o'rganuvchilar